21:53 / 20.10.2015
13780

Fransua Olland Islom Karimovni Parijga taklif qildi

Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Fransiya elchisi Beranjyer Kensi  Fransiya delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Parij diplomatik xizmati rahbari Fransua Ollandning Islom Karimov nomiga yo‘llangan taklifnomasini prezidentga taqdim etdi.

Toshkentda Kensi iqlim o‘zgarishlari mavzusida leksiya o‘qidi. Unda O‘zbekiston Gidrometeo markazi, Qishloq va va suv ho‘jaligi vazirligi, Orol dengizi qutqarish fondi, Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘rta Osiyo Ekologiya markazi xodimlari qatnashdi.

Uchrashuv davomida elchi O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘rilgan choralar borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Dunyoda iqlim o‘zgarishi borasida yangi kelishuvga erishishga bag‘ishlangan XXI anjuman Parijda 30 noyabrdan 11 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Top