10:21 / 20.10.2015
3489

Kasaba uyushmalari federatsiyasi XKUKga a'zo bo‘ldi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining (XKUK) assotsiatsiyalangan a'zosi bo‘ldi. Bu haqdagi qarorni XKUKning Bosh kengashi qabul qilgan.

XKUK kasaba uyushmalarining eng yirik xalqaro birlashmasi bo‘lib, tarkibiga 162ta mamlakatdan 328ta milliy kasaba uyushmasi kiradi. Uning umumiy a'zolari soni 176 mln kishidir. Konfederatsiyaning faoliyat sohasi kasaba uyushmalari va inson huquqldari, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat, tenglikka erishish va xalqaro birdamlik hisoblanadi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi XKUKga kirish uchun 2014 yil sentabr oyida ariza bergan, joriy yilning aprelida XKUK bosh kotibi o‘rinbosari Yaap Vinen O‘zbekistonga safar qilgan edi.

Top