21:55 / 20.10.2015
8844

KUN.UZ dayjesti: 20 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 20 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida imzolangan soliqqa oid bitim kuchga kirdi>>

2015 yilning 14 oktabr kuni 2014 yil 1 iyulda Bern shahrida (Shveytsariya) imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveytsariya Federal Kengashi o‘rtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish to‘g‘risidagi 2002 yil 3 aprelda imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.

Oliy Majlisda Fransiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Fransiya Milliy Assambleyasidagi “Fransiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Filipp Mene boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston internet orqali ekstremistlarni aniqlashni boshladi>>

O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari ekstremistik guruhlarning internetdagi faolligini inobatga olgan holda bu yo‘nalishga ham o‘z xatti-harakatlarini qaratmoqda. Jumladan, oktbyar oyi mobaynida Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida internet orqali odamlarni yollashga bo‘lgan harakatlar amalga oshirilayotganligi fosh etildi.

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Bobur Shokirjonov “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi>>

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat ochiq kubogi bahslarida o‘zbekistonlik Bobur Shokirjonov 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonda 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi>>

O‘zekistonda 2015 yilning 9 oyi davomida 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, qishloq joylarda 451,6 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu haqda 19 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda ma'lum qilindi.

GM Uzbekistan yengil sinfga oid avariya-qutqaruv mashinalarini ishlab chiqaradi>>

Yangi texnika turli shoshilinch vaziyatlarda favqulodda xizmatlarning harakatchanligi va tezkorligini ta'minlaydi. Birinchi partiyada 14 dona texnika taqdim etiladi. 

O‘zbekistonga latviyalik vazir keladi>>

19 oktabrdan 22 oktabrga qadar Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K.Gerxards boshchiligidagi toza texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlar delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tadi. 

Komiljon Shamsiddinov «O‘zbekfilm»ning yangi direktori bo‘ldi>>

«O‘zbekfilm» kinostudiyasi direktori o‘zgardi. Kinostudiya direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Zamir Arinov o‘rniga 15 oktabrdan e'tiboran Komiljon Shamsiddinov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Komiljon Shamsiddinov shu vaqtgacha «O‘zbekkino» Milliy agentligi Ilmiy-ommabop, hujjatli kino va videofilmlar ssenariylarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Qo‘qonda varaqalar tarqatgani uchun qo‘lga olingan muallimalar IShID yollovchilari bo‘lib chiqdi>>

Shu yilning 9 oktabr kunida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri huquq-tartibot muassasalari xodimlari umumta'lim maktabining 2 nafar muallimasini IShID terrorchilik guruhining varaqalarini tarqatgani uchun hibsga olishgandi.

O‘zbekistonda 2015 yilda kichik biznesning 21,4 mingta sub'yekti tashkil etildi>>

Vazirlar Mahkamasining 19 oktabrda joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida sanoat ishlab chiqarishida, investitsiyalarda, eksportda va aholi bandligida kichik biznesning ulushi va roli uzluksiz o‘sishi ta'minlanayotganligi qayd etildi.

O‘zbekiston xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni joriy qilmoqda>>

O‘zbekiston xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni bosqichma-bosqich joriy qilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.

Jizzaxda 2015-2016 yil qish mavsumiga 24 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratish rejalashtirilgan>>

Joriy yilda Jizzax viloyati dalalaridan 341 ming tonna sabzavot, 226,3 ming tonna poliz mahsulotlari, 69,6 ming tonna kartoshka, 98 ming tonna meva, 45 ming tonna uzum yig‘ishtirib olish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Katoni qabul qildi.

Toshkent bozorida barmoq izlari skaneriga ega eng arzon smartfon sotilmoqda>>

Xitoyning UMi kompaniyasi O‘zbekistonda UMi Fair arzon smartfonini sota boshladi. U ishlab chiqaruvchi tomonidan daktiloskopik datchikka ega eng arzon smartfon deb tavsiflanmoqda.

O‘zbek olimlari toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usulini ixtiro qilishdi>>

O‘zbekistonda toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usuli ixtiro qilindi. Mazkur usul Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan taklif etildi.

O‘zbekiston TIVda Fransiya Milliy assambleyasi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi>>

Fransiya Milliy assambleyasi deputati, Milliy assambleyadagi «Fransiya – O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Filipp Myone rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Milliy bog‘ida BMT vakillari ishtirokida ekobog‘ barpo etildi>>

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Ekologik harakati va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ekobog‘ yaratishga bag‘ishlangan ekologik aksiya o‘tkazildi. 

O‘zbekiston eksportida yigirilgan paxta ipi asosiy o‘rin egallamoqda>>

O‘zbekistonda paxta va paxta mahsulotlari eksportining 61 foizini yigirilgan paxta ipi tashkil qilmoqda. Bu ma'lumot 15-16 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro paxta va tekstil yarmarkasida keltirildi.

Olmaliq TMK qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatini o‘z tarkibiga oldi>>

O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatining davlat aktivlari “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJga berildi. Bu haqda hukumat 9 oktabr kuni tasdiqlagan “Davlat mulki obektlaridan samarador va ratsional foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytildi.

Toshkent viloyatida poraxo‘r maktab direktori 3 yilga qamaldi>>

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi 31-umumiy o‘rta maktabning sobiq direktori Saiduali Sultonov poraxo‘rlik ustida qo‘lga tushib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi ma'lumot bermoqda.

O‘zbekistonda diniy ekstremizm bilan shug‘ullangan ikki ayol sud qilindi>>

Qashqadaryo viloyat sudi O‘zbekistonning ikki fuqarosi ustidan faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir al Islomiy” ekstremistik tashkiloti targ‘iboti bilan shug‘ullangani sababli yetti va besh yil muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar berdi sud vakili.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi XKUKga a'zo bo‘ldi>>

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining (XKUK) assotsiatsiyalangan a'zosi bo‘ldi. Bu haqdagi qarorni XKUKning Bosh kengashi qabul qilgan.

Fransua Olland Islom Karimovni Parijga taklif qildi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Fransiya prezidenti Fransua Olland tomonidan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT doiraviy konvensiyasi vakillarining 21-konferensiyasiga taklif etildi.

Top