21:05 / 20.10.2015
3392

Lenovo 27 dyuymli Yoga Home 900 planshetini ishlab chiqardi

Lenovo kompaniyasi 27 dyuymli Yoga Home 900 planshetini namoyish qildi. Agar uning o‘lchami kattaligi inobatga olinmasa, uni Windows 10 operatsion tizimida ishlovchi planshet kompyuteri deb qabul qilish mumkin.

Lenovo Yoga Home 900 plansheti 1920 x 1080 pikselli ko‘rsatish qobiliyatiga ega 27 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan. Planshet 5-avlod Intel Core protsessori (Core i7 gacha), 8 Gb gacha tezkor xotira va 1 Tb gacha vinchester bilan jihozlanadi. Qo‘shimcha ravishda 2 Gb videoxotiraga ega NVIDIA GeForce 940A videokartasi taqdim qilinadi.

Planshetda, shuningdek, 2 Mpli kamera, 2,5 Vt li stereodinamiklar, SDXC sloti, uchta USB 3.0 porti, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth portlari ko‘zda tutilgan. Akkumulyator gadjyetga 3 soat avtonom holda ishlashga imkon beradi.

Planshet shu oydan 1549 dollardan sotuvga chiqariladi.

Top