07:26 / 20.10.2015
2427

Luis Enrike: «Neymar - bizning yangi yetakchimiz emas. Yetakchimiz - Messi, yangisini izlamaymiz»

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike YeChLning guruh bosqichi doirasida BATEga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Biz BATE va "Bayyer"dan atigi bir ochko oldindamiz. Shuning uchun xotirjam bo‘lishga haqqimiz yo‘q, biz bu o‘yinda birinchi navbatda natija uchun o‘ynaymiz.

Neymarni jamoaning yangi yetakchsi deyishmoqdami? Biz hozirda bitta mashina kabi harakatlanyapmiz. Yetakchimiz esa Messi. Boshqasini izlashga hojat yo‘q.

Biz qaysi vaqtda qanday o‘ynash kerakligini bilamiz. Agar himoyalansak, bari bir gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin. Bu himoya chizig‘i zaifligidan emas, bunday ehtimol har bir jamoada mavjud. Menimcha, oxirgi o‘yinlarda bizda bunday muammo kamaytirildi.

Yaqinda dekabr ham keladi. Ha, jamoa tarkibi bo‘yicha muammolar bor, rotatsiyalar amalga oshirmasdan mavsumni o‘tkazib bo‘lmaydi, lekin futbolchilar muxlislar uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi. Hozirgi vaziyat bizni yanada kuchliroq qiladi", deydi murabbiy.

Top