10:20 / 20.10.2015
12434

Komiljon Shamsiddinov «O‘zbekfilm»ning yangi direktori bo‘ldi

«O‘zbekfilm» kinostudiyasi direktori o‘zgardi. Kinostudiya direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Zamir Arinov o‘rniga 15 oktabrdan e'tiboran Komiljon Shamsiddinov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Komiljon Shamsiddinov shu vaqtgacha «O‘zbekkino» Milliy agentligi Ilmiy-ommabop, hujjatli kino va videofilmlar ssenariylarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yana bitta muhim yangilik. «PROlogue» festivali uchun arizalar qabuli yakuniga yetdi. Havaskor va professional yosh kinoijodkorlardan 60 ga yaqin arizalar kelib tushdi. Saralash — 31 oktabrgacha, filmlar namoyishi — 16-20 noyabrda, taqdirlash — 21 noyabrda. Festival doirasida yana bir ma'lumot — tadbir logotipi Lazizbek Hamidov tomonidan ishlab chiqilgan. Biz undan cheksiz minnatdormiz!

23 oktabrda premera. Qizlarni erta turmushga berish illati haqidagi «Tubanlik», diniy aqidaparastlarning aldoviga ishonib, ularning ta'siriga tushib qolish haqidagi «Aldangan ayol», «Odnoklassniki.ru», Vatanni, qaysidir ma'noda, sotib ketib, hozir musofirchilikda ming bir azob yashayotganlar haqidagi «Gumrohlar» filmlaridan so‘ng rejissyor Hilol Nasimov noqonuniy migratsiya haqida «Ajal jodusi» nomli badiiy film suratga oldi.

Top