09:27 / 20.10.2015
3783

O‘zbekiston eksportida yigirilgan paxta ipi asosiy o‘rin egallamoqda

O‘zbekistonda paxta va paxta mahsulotlari eksportining 61 foizini yigirilgan paxta ipi tashkil qilmoqda. Bu ma'lumot 15-16 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro paxta va tekstil yarmarkasida keltirildi.
“O‘zbekengilsanoat” AJ ma'lumotlariga qaraganda, boshqa mahsulotlardan: tayyor mahsulotlar 26 foiz, trikotaj matolari 5 foiz, paxta gazlamalar 4 foiz, boshqa mahsulotlar 4 foiz eksportni qamrab oladi.
Kompaniyaning eksport yetkazmalari o‘sishiga tekstil mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi javob beradi.

Top