10:33 / 20.10.2015
3470

O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasida imzolangan soliqqa oid bitim kuchga kirdi

2015 yilning 14 oktabr kuni 2014 yil 1 iyulda Bern shahrida (Shveytsariya) imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveytsariya Federal Kengashi o‘rtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish to‘g‘risidagi 2002 yil 3 aprelda imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.

Hujjatda yuqorida qayd etilgan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga soliq to‘lashdan bosh tortish oldini olish uchun soliq sohasida ma'lumot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan yangi qoidalar kiritish ko‘zda tutiladi.

Ushbu xalqaro shartnoma soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda O‘zbekiston-Shveytsariya hamkorligini mustahkamlashga ko‘maklashadi hamda ikki davlat soliq qonunchiligiga amal qilinishni ta'minlaydi.

Ushbu Bayonnomaning to‘liq matni bilan lex.uz saytida tanishish mumkin.

Top