16:00 / 20.10.2015
3470

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Bobur Shokirjonov “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat ochiq kubogi bahslarida o‘zbekistonlik Bobur Shokirjonov 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

Nayza uloqtirish sektorida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bobur 84 metru 24 sm.lik natija qayd etib, belgilangan me'yorni (83 m.) ortig‘i bilan bajardi.

Shu tariqa, yengil atletika sport turida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni 5 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Sitora Hamidova (marafon), Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash), Suhrob Xo‘jayev (bosqon uloqtirish) va Marina Xmelevskaya (marafon) “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishgan edi.

Top