21:03 / 20.10.2015
3471

Qirg‘iziston bosh vaziri qirg‘izistonliklarga qishki mavsumda elektr energiya, issiqlik va gaz uzilishsiz berilishiga va'da berdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev “Birinchi radio” jonli efirida ayni paytda Qirg‘izistonda isitish mavsumini o‘tkazish uchun barcha narsa tayyor ekanligini hamda Qirg‘iziston aholisi qishda elektr energiya, issiqlik va gaz bilan uzilishsiz ta'minlanishini aytib o‘tdi.

Sariyevning aytishicha, bugungi kunda energetika va issiqlik tizimi qurilmalari to‘liq ta'mirdan chiqarilgan, qo‘mir va mazut yetarlicha miqdorda zaxiralab qo‘yilgan.

Mamlakatda oxirgi kunlarda ob-havo harorati keskin pasayib ketgani sababli elektr energiya ishlatilishi uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketdi. Shu munosabat bilan Sariyev aholiga elektr energiyani tejamkorlik bilan ishlatish iltimosi bilan murojaat qildi.

Top