08:29 / 20.10.2015
8539

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smir Oq uyga keldi

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan texaslik o‘quvchi Ahmad Muhammad AQSh prezidenti Barak Obamaning shaxsiy taklifi bilan Oq uyga keldi, deya xabar berdi Associated Press.
Ahmad ilm-fan, texnologiya va koinotga bag‘ishlangan “Astronomiya kechasi” tadbirida ishtirok etdi.
Maktab o‘quvchisi uni qo‘llab-quvvatlayotgan prezidentga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zini Clock Kid (soatli bola) deb atayotgan internet foydalanuvchilaridan xafa emas.


“Insonni tashqi qiyofasiga qarab baholamang. Har doim qalbiga qarab hukm o‘qing”, - dedi Ahmad.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Texax shtati Irving shahridagi maktabning 14 yoshli o‘quvchisi Ahmad Mohammad (Ahmed Mohamed) o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelingan edi.

Top