23:41 / 20.10.2015
3788

Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagondan Suriya osmonida parvozlar xavfsizligi bo‘yicha memorandum oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi AQShlik harbiylardan ular tomonidan ma'qullangan Suriya osmonida to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha memorandumni oldi, deb ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bugun ertalab biz amerikalik hamkasblarimizdan ular tomonidan ma'qullangan memorandumni oldik”, deb aytdi Konashenkov.

Konashenkov Rossiya Mudofaa vazirligi bunday hujjatning imzolanishi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qadam deb hisoblashini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu hujjat IShIDga qarshi barcha davlatlar aviatsiyasiga amal qiladi, deb umid qilamiz”, deb qo‘shimcha qildi Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, AQSh hujjatdagi qoidalarni Suriyada harakat qilayotgan barcha sheriklariga yetkazib qo‘yish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Top