19:35 / 20.10.2015
3434

Shveytsar soatlari eksporti kuchli frank va talabning pasayishi tufayli minimum darajaga kamayib ketdi

Shveytsar soatlari eksporti kuchli frank hamda Xitoy va Gonkongda kuzatilayotgan hamda Osiyo mintaqasining boshqa davlatlariga tarqalayotgan talabning pasayishi tufayli 2009 yildan beri rekord darajadagi choraklik pasayishni namoyon qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi Shveytsariya soatsozlik sanoati federatsiyasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

3-chorak yakunlariga ko‘ra shveysar soatlarining eksporti 7,2 foizga, 2015 yilning dastlabki 9 oyi bo‘yicha esa 2 foizga qisqarib ketdi va 16,5 mlrd dollarni tashkil qildi.

Federatsiyaning qayd etishicha, hozirgi dinamika keyingi yildagi istiqbollarga “soya solmoqda”. Talabning pasayishi Xitoy va Gonkongdan tashqari, Singapur, Janubiy Koreya va Tayvanda qayd qilingan.

Shveytsar soatlariga talabga ta'sir qilayotgan yana bir salbiy omil bo‘lib “aqlli soatlarga” talabning yuqorilashi bo‘lmoqda. Shveytsar soatlari hajmi bo‘yicha Shveytsariya eksportida 10-o‘rinni egallamoqda.

Top