07:03 / 20.10.2015
3988

Shveytsariya Mudofaa vazirligi Rossiya samolyotiga shveysar samolyotining yaqinlashganini standart tekshiruv deb aytdi

Shveytsariya Mudofaa vazirligida Shveytsariyaning F/A-18 harbiy samolyoti Jyenevaga uchib ketayotgan rossiyalik diplomatlar samolyotiga yaqinlashib, standart tekshiruv amaliyotini bajargan deb aytildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Buni Shveytsariyaning mudofaa, fuqarolik xavfsizligi va sport bo‘yicha federal departamenti matbuot kotibi Piter Minder ma'lum qildi.  

“Biz uchun bu oddiy tadbir. Bu samolyot Shveytsariya qurolli kuchlarining Bil shahridan 10.20 da havoga ko‘tarilgan F/A-18 harbiy samolyoti bo‘lgan. Samolyot Jyenevaga uchib ketayotgan Rossiya samolyoti raqamini tekshirgan. Bu standart amaliyot va hech qanday xavfli yaqinlashish bo‘lmagan”, deb aytdi Minder. 

Minderning aytishicha, Shveytsariya Qurolli kuchlari qaroriga ko‘ra, diplomatik reyslar, shu jumladan Rossiya, AQSh va Fransiyadan bo‘lganlari ham tanlanma asosda tekshiriladi. 

Avvalroq Fransiya samolyoti Rossiya samolyotiga yaqinlashgani ma'lum qilingandi, biroq Fransiya bu samolyot Shveytsariyaga tegishli ekanini aytgan. 

Top