09:42 / 20.10.2015
3253

Tojikistonda qirg‘izistonlik 2 ekstremist qo‘lga olindi

Tojikiston huquq-tartibot organlari yaqinda fuqarolarni yollab, Suriyaga olib ketishga harakat qilgan 2 qirg‘izistonlikni qo‘lga oldi. Ularning “mijozlari” bo‘lmish 8 nafar Tojikiston fuqarosi ham hisbda tutib turilibdi.
Ma'lum qilinishicha, 25 sentabrdan 26 sentabrga o‘tar kechasi chegarada Qirg‘iziston fuqarolari Jahongir Qurmushev va Qanibek Nimanovlar qo‘lga olingan. Ular tojikistonlik 4 ayol va 4 bolani Qirg‘izistonga olib o‘tishga harakat qilishgan. Rejaga ko‘ra, shundan so‘ng ayollar bolalari bilan Bishkek aeroportidan Turkiyaga uchib ketishi, u yerdan esa, o‘z navbatida, Suriyaga o‘tishi va IShIDga qo‘shilishi lozim edi.
Tojikistonliklarning yarmi Xatlon viloyatida istiqomat qiluvchi Sherbekovlar oilasi, yarmi esa so‘g‘dlik Mo‘minovlar oilasidir. Bolalar 1-4 yoshda.
Qurmushev va Nimanov 5-12 yilga qamalishi mumkin. Ular Dushanbeda saqlanmoqda.

Top