09:19 / 20.10.2015
4019

Turistlar Issiqko‘ldan yiliga 2 ming tonna asal xarid qilmoqda

Turistlar Issiqko‘ldan yiliga 2 ming tonna asal xarid qilmoqda. Bu statistik ma'lumot Qirg‘iziston telegraf agentligi tomonidan mamlakat asalarichilari ittifoqi prezidenti Kozim Qaraketovga tayangan holda keltirildi.
“Asal turistlar orqali eksport qilinadi. Baholashimizcha, yoz mavsumida ular Issiqko‘ldan yiliga 2 ming tonna asal xarid qilmoqda. Ular orasida arablar va koreyslar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Asal bugun uyga sovg‘a sifatida eltiladigan mahsulotga aylandi”, - dedi mamlakatning bosh asalarichisi.
Bundan tashqari, qirg‘izistonlik tijoratchilar yiliga yana 800 tonna mahsulotni dunyoning 18 mamlakatiga eksport qiladi.

Top