11:58 / 21.10.2015
4935

21 yoshli samarqandlik bola Yunusobodda seyf o‘g‘irlab ketdi

21 yoshli samarqandlik Vohid ismli fuqaro Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi shaxsiy uylardan biriga o‘g‘irlikka tushib, u yerdan seyfni olib chiqib ketdi. IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, seyf katta va og‘ir bo‘lishiga qaramay, jinoyatchining boshqa sheriklari bo‘lmagan.

Uy egasi Farhod seyfda hujjatlari va qimmatbaho buyumlarini saqlab kelgan. Xazinasining olib qochib ketilganligini ko‘rgan fuqaro tezda IIBBga murojaat qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘g‘ri qo‘lga olinib, hibsga olingan. Jinoiy ish ochilgan.

Top