18:20 / 21.10.2015
3317

Aleksey Zemskiy NTV telekanalining yangi direktori bo‘ldi

VGTRK sobiq direktor o‘rinbosari Aleksey Zemskiy NTV telekanali bosh direktorligiga tayinlandi. Bu haqda «Gazprom-media» xoldingi saytida ma'lum qilingan.

"Men Aleksey Zemskiy «Gazprom-media» jamoasiga safiga kelib qo‘shilganidan mamnunman. Uning televideniyeda ishlash bo‘yicha 20 yillik tajribasi bor. Umid qilamizki, uning ijodiy va kasbiy layoqati telekanalimizning rivojlanishda davom etib, Rossiyadagi yetakchi telekanalga aylanishida hissa qo‘shadi", deydi xolding rahbari Dmitriy Chernishenko.

Aleksey Zemskiy bu telekanalda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida bosh direktor sifatida ishlagan Vladimir Kulistakovning o‘rnini egalladi. U 21 oktabrdan yangi vazifasini bajarishga kirishgan.

Bundan oldinroq, Kulistikov sog‘lig‘idagi muammolar tufayli o‘z lavozimini tark etishi haqida xabarlar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Aleksey Zemskiy 2003-2004 yillarda ham NTV telekanalida o‘sha vaqtdagi bosh direktor Nikolay Senkevichning o‘rinbosari sifatida ishlagandi. U VGTRKda 2008 yili texnologik bo‘limda ish boshlagandi.

Top