22:42 / 21.10.2015
3267

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden prezident lavozimiga nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qildi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 2016 yildagi AQSh prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymasligini e'lon qildi. Bu haqda CBS telekanali ma'lum qildi.

Bayden bu haqda Oq Uy oldidagi nutqida ma'lum qildi. Bu paytda Baydenning yonida Barak Obama va uning rafiqasi Jil ham bo‘lgan.

“Men nomzod bo‘lmasligimga qaramay, jim o‘tirish niyatim yo‘q”, deb aytdi Bayden.

Avvalroq The Washington Post gazetasi saytida “Vitse-prezident Bayden 2016 yildagi prezident poygasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda” nomi bilan yanglish tarzda xabar chiqargan. Keyinroq saytdagi xabar olib tashlangan va “Bu matn xatolik tufayli chop etilgan” yozuvi bilan almashtirilgan.

Top