07:28 / 21.10.2015
3954

Arsen Venger - Gvardiolaning «Barselona» va «Bavariya»sini mag‘lub etgan ilk murabbiy

"Arsenal" klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 3 turida "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa londonliklar bosh murabbiyi Arsen Vengar Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Barselona" va "Bavariya" jamoalarini mag‘lub etgan ilk murabbiyga aylandi.

Shuningdek, "Bavariya" joriy mavsumda shu vaqtga qadar o‘yinlarda biror marta imkoniyatni boy bermagan edi. Ichki chempionatda ham 9 turda 27 ochko jamg‘arib, yetakchlik qilayotgan Gvardiola shogirdlari YeChL doirasida "Olimpiakos"ni 3:0, Zagrebning "Dinamo" klubini esa 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi.

Top