01:01 / 21.10.2015
3473

BlackBerrydan Android-smartfon: birinchi video

BlackBerry kompaniyasi YouTube videoxostingida o‘zining birinchi Android-smartfoni Priv’ning rasmiy videoroligini joylashtirdi. Shuningdek, uning xarakteristkasi haqda ham ma'lumot berib o‘tdi. Yangilik 5,4-dyuymli QHD-displey (2560x1440) va Qualcomm Snapdragon 808 prossesoriga ega.

Qurilma, shuningdek, 3410 mA*ch sig‘imli akkamulyator, 32 GB flesh xotira, 3 GB tezkor xotiraga ega. Priv’ning asosiy kamerasi 18, old kamerasi esa 2 mp. li.

BlackBerry avvalroq BES12 platformasi qo‘llab-quvvatlaydigan Android for Work tizimida ishlaydigan Priv smartfoni eng yaxshi mahsulot bo‘lishi haqda ma'lum qilgan edi. Shu bois undan foydalanuvchidar endilikda Google Play Store do‘konidan Android-ilovalarni bemalol yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Top