21:31 / 21.10.2015
3728

«Bunyodkor» Toshkent derbisida «Paxtakor»dan ustun keldi

Bugun, 21 oktabr kuni O‘zbekiston Oliy ligasining 26-turi doirasida «Bunyodkor» hamda «Paxtakor» klublari uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobi g‘alaba qozondi.

Dastlab, o‘yinning 50-daqiqasida Akmal Shorahmedov chamasi 35 metrlardan Lobanov darvozasiga kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

O‘yinning 75-daqiqasiga kelib, Hamdamov darvozabon bilan birga-bir vaziyatda o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi va hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuv oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, «Bunyodkor» ushbu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 51taga yetkazib, to‘rtinchi o‘rinda qoldi, «Paxtakor» eng yaqin ta'qibchisi «Lokomotiv»dan 1 ochko ko‘p jamg‘argan holda, peshqadamlikni o‘zida saqlab turibdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
26-tur

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent) - 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 - 50 Shorahmedov, 2:0 - 75 Hamdamov.
«Paxtakor»: Lobanov, Merzlyakov, Krimets (s), Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Sohibov, Kozak, Andreyev, Masharipov, Sergeyev
«Bunyodkor»: Zuhurov, G‘ofurov, Karimov (s), Ashurmatov, Shorahmedov, Jo‘rayev, Zuagi, Sato, Shomurodov, Karpenko, Shodiyev.

Bugungi bahslar doirasida "Navbahor" klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

«Navbahor» (Namangan) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) - 2:1
Gol: Erkinov 50, Erkinov 71 - Hasanboyev, 42

G‘uzorda kechgan "Sho‘rtan" - "Qizilqum" o‘yini esa mezbonlar uchun omadsiz keldi. Uchrashuvda g‘uzorliklar 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradilar.

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qizilqum» (Navoiy) - 1:3
Gol: Stanoyevich 3 - Rustamov 22, Vahobov 45, Alimov, 90

Jizzaxda kechgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" o‘yinida Ilhom Shomurodovning so‘nggi daqiqada kiritgan goli evaziga qarshiliklar g‘alaba qozondi.

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Nasaf» (Qarshi) - 1:2
Gol: Hamidov 44 - Gevorkyan 26, Shomurodov 90

Top