03:02 / 21.10.2015
4126

Chempionlar Ligasi, F guruhi: “Arsenal” “Bavariya”ni, “Olimpiakos” esa “Dinamo” Zagrebni yengdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida F guruhdagi “Arsenal” va “Bavariya” Londondagi “Emireyts-Eshberton Grouv” stadionida uchrashishdi. O‘yin 2:0 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi, to‘plarni Olive Jiru va Mesut Ozil o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Chempionlar Ligasi. F guruh. 3-tur
Arsenal (London, Angliya) – Bavariya (Myunxen, Germaniya) – 2:0
Gollar: Jiru, 77 (1:0); Ozil, 90+4 (2:0).

Guruhdagi 2-uchrashuvda “Olimpiakos” mehmonda “Dinamo” Zagrebni 0:1 hisobida minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona to‘pni Braun Ideyye kiritdi.

Dinamo Z (Zagreb, Xorvatiya) – Olimpiakos (Pirey, Gretsiya) – 0:1
Gollar: Ideyye, 79 (0:1).

F guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Bavariya” — 6 ochko; 2. “Olimpiakos” — 6; 3. “Dinamo” Zagreb — 3; 4. “Arsenal” — 3.

Top