02:55 / 21.10.2015
2985

Chempionlar Ligasi, G guruhi: “Dinamo” Kiyev va “Chelsi” durang o‘ynashdi, “Portu” “Makkabi”ni mag‘lub etdi

Chempionlar Ligasi, guruh bosqichi 3-turida G guruhi vakillari Kiyevning “Dinamo” va Londonning “Chelsi” jamoasi futbolchilari Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 0:0 durang hisobi qayd qilishdi.

Chempionlar Ligasi. G guruhi. 3-tur
Dinamo K (Kiyev, Ukraina) – Chelsi (London, Angliya) – 0:0

Ushbu to‘rtlikdan o‘rin olgan 2-uchrashuvda “Portu” o‘z maydonida Tel-Avivning “Makkabi” klubidan kuchliroq chiqib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

37-daqiqada Vensan Abubakar hisobni ochgan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib Yasin Braimi uni ikki to‘p farqiga yetkazib qo‘ydi.

Portu (Portu, Portugaliya) – Makkabi T-A (Tel-Aviv, Izrail) – 2:0
Gollar: Abubakar, 37 (1:0); Braimi, 41 (2:0).

G guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. “Portu” — 7 ochko; 2. “Dinamo” Kiyev — 5; 3. «Chelsi» — 4; 4. «Makkabi» T-A — 0.

Top