03:13 / 21.10.2015
2821

Chempionlar Ligasi, N guruhi: “Zenit” “Lion”ni, “Valensiya” “Gent”ni yutdi

Chempionlar Ligasi, guruh bosqichi 3-turi doirasida N guruhi vakillari “Zenit” va “Lion” Sankt-Peterburgda uchrashdi. “Zenit” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. To‘plarni “Zenit” tarkibidan Artyom Dzyuba, Xalk va Migel Danni kiritdi, raqib jamoaning bitta to‘pini esa Aleksandr Lyakazett o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.. 

Shu tariqa, Andre Villash-Boash shogirdlari klub tarixida birinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi dastlabki uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishdi. Rossiya klublari orasida faqatgina “Spartak” shunday ko‘rsatkichga 1995/96 yillardagi mavsumda erisha olgandi.

Chempionlar Ligasi, N guruhi, 3- tur
Zenit (Sankt-Peterburg, Rossiya) – Lion (Lion, Fransiya) – 3:1
Gollar: Dzyuba, 2 (1:0); Lyakazett, 49 (1:1); Xalk, 56 (2:1); Danni, 82 (3:1).

N guruhidagi boshqa uchrashuvda “Valensiya” o‘z maydonida “Gent”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. “Ko‘rshapalaklar” futbolchisi Sofyan Fegulining 15-daqiqadagi goli evaziga “Valensiya” hisobda oldinga chiqib oldi. 1-bo‘lim tugashidan biroz oldin “Gent” futbolchisi Tomas Foke hisobni tenglashtirdi. “Gent” o‘yinchisi Stefan Mitrovichning 72-daqiqadagi avtogoli evaziga “Valensiya” g‘olib bo‘ldi.

Valensiya (Valensiya, Ispaniya) – Gent (Gent, Belgiya) – 2:1
Gollar: Feguli, 15 (1:0); Foke, 40 (1:1); Mitrovich, 72 (2:1, avtogol).

N guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1: 1. «Zenit» — 9 ochko. 2. “Valensiya” — 6. 3. “Lion” — 1. 4. “Gent” — 1.

Top