17:00 / 21.10.2015
2923

Diyego Simeone: O‘sishdan to‘xtab qolgan «Atletiko»ni ko‘rishni istamayman

"Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Astana"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Astana" - raqobatbardosh jamoa. Ular to‘p bilan muomala qilishni bilishadi. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Har doim o‘z kuchimizga ishonamiz.

Tarkibimizdagi ko‘pgina futbolchilar ancha o‘sishga erishishdi. Bunga o‘z vaqtida qilingan xolis tanqid yordam berdi, deb aytish mumkin.

O‘sishdan to‘xtatb qolgan "Atletiko"ni ko‘rishni istamayman. Jamoamiz Yevropadagi eng kuchli klublardan biri. Biz hamisha o‘z nomimizga munosib bo‘lishimiz kerak", - deydi Simeone.

Top