13:36 / 21.10.2015
4253

Google xodimi kompaniya parkovkasidagi yuk mashinasida yashayotgani ma'lum bo‘ldi

Google kompaniyasi dasturchisi Brendon ishga joylashgan chog‘ida San-Frantsiskoda qimmat turadigan uy ijaraga olmasdan, yuk mashinasi xarid qilishga qaror qildi. Business Insider nashrining xabar qilishicha, u mashinada yashab keladi.

Brendonning so‘zlariga qaraganda, bu g‘oyani u kompaniyada stajirovka o‘tagan paytida topgan. O‘shanda u bir xonadonni uch kishi bilan birga ijaraga olib, uning uchun kuniga 65 dollar to‘lagan. Shu bois Google bilan doimiy shartnoma imzolanganidan so‘ng u 10 ming dollarga yuk mashinasi sotib olib, u yerda yotoqxona va garderob tashkil qilgan.

Dasturchining ta'kidlashicha, u gadjyetlarini ko‘chma akkumulyator vositasida quvvatlantiradi. Shuningdek, korporatsiya oshxonasida ovqatlanib, sportzal dushida yuvinadi.

Top