09:00 / 21.10.2015
3279

Hyundai kompaniyasi Tucson krossoveri tomida chodir o‘rnatdi

Hyundai kompaniyasi yangi avloddagi Tucson krossoverining navbatdagi versiyasini namoyish qildi. Avtomobilning bu versiya SEMA tyuning-shousi uchun maxsus tayyorlangan. Sayohat qilish ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan mashina tyunerchi va fotosuratchi Jon Pangilinan bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtomobil Adventuremobile (Sarguzashtlar avtomobili) deb nomlandi.

Yangi krossoverning o‘ziga xos jihati shundaki, uning tomida ikki kishilik Treeline Outdoors chodirini o‘rnatish mumkin. Krossover chodirga chiqish uchun mo‘ljallangan narvon hamda chodirdagi barcha zaruriy narsalarni elektr energiya bilan ta'minlaydigan quyosh batareyalari bilan jihozlangan.

Yo‘ltanlamas modernizatsiya qilingan podveska, yangi shina va g‘ildiraklar diski, deyarli 4 smga oshirilgan yo‘l bilan oraliq, qo‘shimcha yorug‘lik qurilmasi, kuzovning o‘ziga xos rangi, yangi kiritish-chiqarish tizimi bilan ta'minlandi.

Tucson’ning bu versiyasi Hyundai’ning 2015 yildagi SEMA shousi uchun yaratgan 5-loyihasi bo‘ldi. Avvalroq koreys avtomobilsozlari Veloster, Genesis kupesidan yaratilgan BMW M4’ning raqobatchisi, Tucson’ning 700 ot kuchiga ega va yo‘ltanlamas modifikatsiyalarini tayyorlagan edi.

SEMA shousi noyabr boshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Top