07:41 / 21.10.2015
3035

Iker Kasilyas 51ta «quruq» o‘yin o‘tkazib, YeChL rekordini o‘rnatdi

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas "Makkabi Tel Aviv" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (2:0).

Shu tariqa 34 yoshli ispaniyalik darvozabon YeChL doirasida o‘tkazilgan o‘yinlardan 51tasida gol o‘tkazib yubormaslikning uddasidan chiqdi va bu borada rekord natija qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Edvin van der Sar Chempionlar ligasining 50ta o‘yinida darvozasidan gol olib chiqmagan, Viktor Valdes va Petr Chex 45, Janluijji Buffon esa 37 o‘yinda bu ishni uddalagan.

Top