18:41 / 21.10.2015
3326

IShID tarkibida Fransiyaning 500 fuqarosi borligi aytildi

Bugungi kunda IShID saflarida Fransiyaning 500 nafar fuqarosi bor. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Bernar Kaznev bayonot berdi.

“Fransiyada har kuni, ta'kidlab o‘taman, har kuni terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga olmoqdamiz”, - qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, u yil boshidan buyon bunday faoliyatda gumon qilingan 25 kishi mamlakatdan chiqarib yuborilganini eslatib o‘tdi.

Top