21:18 / 21.10.2015
3592

JCh-2018 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Anxel Vilyar ham poraxo‘rlik mojarosiga tortildi

UYeFAning birinchi vitse-prezidenti va 2018 yilda Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi rahbari, ispaniyalik futbol amaldori Anxel Mariya Vilyar FIFA axloq qo‘mitasining "qora ro‘yxati"ga kiritilgani xabar qilinmoqda. U Germaniyada 2006 yilgi mundialni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaga rahbarlik qilgan Frants Bekkenbauer bilan birgalikda poraxo‘rlikda gumon qilinayotganlar safida. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, Anxel Vilyar va Frants Bekkenbauer 2006 yilgi JCh mezbonini aniqlash vaqtida ovozlarni sotib olganlikda gumon qilinishmoqda.

Frants Bekkenbauer 2014 yilning iyunida Qatardagi 2022 yilgi JCh bo‘yicha tekshiruvlarda ishtirok etishdan bosh tortgani uchun tashkilotdan chetlatilgandi.

FIFA axloq qo‘mitasi Yozef Blatter, Mishel Platini va Jyerom Valke bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Anxel Vilyar UYeFAning ijrochi direktori etib tayinlangandi.

Top