17:40 / 21.10.2015
23158

"Kelajakka qaytish 2": 2015 yilning 21 oktabridagi bashoratlarning bugungi qiyofasi

Mana, “Kelajakka qaytish” filmi qahramonlari Martin va Dok borib qolgan 2015 yilning 21 oktabriga qadar yetib keldik.

"Kelajakka qaytish 2" filmining premerasi 1989 yilning 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi.

Oradan 26 yil o‘tib, shuning guvohi bo‘lish mumkinki, film mualliflari aynan shu davrda ixtiro qilingan bir qator texnologik yutuqlarni oldindan bashorat qila olishgan.

Harakatlar jarayoni

"Yo‘llar? Biz boradigan joyda ular muhim emas", – deyiladi filmdagi suhbatlardan birida.

Filmda nazarga tutilgan uchar avtomobil yaqin kunlarda chiqib qolsa, ajab emas. Bostonning Terrafugia kompaniyasi 2012 yildayoq ana shunday avtomobillar chiqarishni va'da qilgandi. Ammo uning ishlab chiqarilishi, biroz ushlanib turibdi.

Film ijodkorlari 2015 yilda yer bilan parallel ravishda harakatlanadigan avtomobillarni nazarda tutishganida, qaysidir ma'noda haq edilar.

Filmda o‘tib ketayotgan avtomobillarning tovushini eshitasiz va ularning Toyota Prius hamda boshqa gibrid va elektromobillarning tovushi bilan bir xil ekanligiga iqror bo‘lasiz.

Janob Fyujyenning avtomobilga axlat tashlasa, yoqilg‘i vazifasini o‘tovchi energiya kashfiyoti, hozircha fantaziya bo‘lib qolmoqda.

Ayni damda chiqindilar energiyasini avtomobillarga yoqilg‘i vazifasini bajaruvchi etish borasida bir qator laboratoriyalarda izlanishlar olib borilmoqda.

Avvalroq Bristol va Bateda ishlatilingan oziq-ovqat chiqindisidan harakatlanuvchi "fekalobuslar" ishlab chiqarilgani haqida xabar berishgan edi. 

Bif taksiga o‘tirgach,bosh barmoqlarini skanerdan o‘tkazib, kira haqini to‘laydi. Ammo bugunda bu kabi to‘lov vositalari bo‘lmasada, ammo teksi kra haqini to‘lash uchun Uber, Gettaxi va boshqa ko‘plab ilovalar mavjud.

Filmning quvlash sahnalarida namoyish etilgan aerobord hambugunga kelib, yangilik bo‘lmay qoldi.

Lexus joriy yilning avgust oyida usti maxsus magnit bilan qoplangan aerobord taqdim etdi.

Yaqinda skeytbordchi Toni Xouk tomonidan yaratilgan Hendo aerobordlari namoyish etilgan videolar internetda ommalashdi.

Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, yaqinda Avstriya transprt vazirligi uchar doskalardan foydalanishga ruxsat berdi.

Avtomibillarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi shtrix kod esa hamon xayolligicha qolib ketmoqda.

"Aqlli" kiyim

Martin Makflning gapiruvchi kiyimi bugungi kun muhandislarining eng bosh qotirayotgan jumboqlaridan biridir.

Bugun bizning kiyimlarimiz gapimizga tushunmaydi. Ammo yaqin kelajakda matolari elektronlashtirilgan va unda maxsus chiplar o‘rnatilgan matolar o‘ylab topilsa, ajab emas.

Joriy yilning yozida AQShda teriga o‘xshab ketuvchi quyuq dsipley ixtiro qilishgani haqida turli ma'lumotlar tarqaldi. Texnologiya bugungi kunda armiya kamuflyajida qo‘llanilmoqda. U vaziyatga qarab, o‘z rangini o‘zgartiraveradi. Bundan tashqari, kam energetik quvvat sarflab elektron kitob o‘qiydigan qurilmani ham yodga olib o‘tish kerak.

Filmdagi yonib turuvchi politsiyachilar bosh kiyimi va o‘zida yozuv aks etiuvchi CuteCircuit firmasining kiyimi ham bugundao‘z aksini topmoqda.

Nike yaqin kunlarda xuddi filmdagidek o‘z-o‘z iplari bog‘lanadigan krossovka ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Teri masalasiga keladigan bo‘lsak, film qahramonlaridan biri Dok o‘z yuzini “yumshatuvchi vosita” yordamidao‘zgartirganidek, o‘zgartira olmaymiz.

Robotlar

Filmda dronlarni ham onda-sonda uchratish mumkin.

Itlarni aylantirib yuruvchi dronlarni bugungi kunda uchratish mumkin. Ularni Vimeo yoki YouTube orqali ko‘rish mumkin.

Filmdagi robotlardan yana biri avtomat-zapravka qiluvchi robotdir.

Niderlandiyada TankPitstop loyihasi doirasida xuddi shunga o‘xshash robot yasaldi. Tesla esa elektr avtomobillarni avtomat ravishda zapravka qiluvchi robotlar ustida bosh qotirmoqda. 

Ko‘ngiochar mashg‘ulotlar

Baxtga qarshi, filmdagi ayrim ko‘ngiochar mashg‘ulotlar bizda hali kashf etilgani yo‘q.

Biroq 3D-texnologiyalari borasida ko‘zga tashlanarli yutuqlarga erishildi. Bu sohadagi so‘nggi yangiliklarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, ushbu texnologiyaning lazerli qurilmasi chiqqan bo‘lib, u tasvirni yanada sof va tiniq namoyish etishga ko‘makchi bo‘ladi.

Texnologiyaning ushbu yutug‘i birinchi bo‘lib, Londonda, oktabr boshida, “Sayohat” filmi premerasida namoyish etildi.

“Kelajakka qaytish 2” filmi ijodkorlarining uy sharoitida ko‘ngilochar mashg‘ulotlar borasidagi intuitsiyalari bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Rulon kabi o‘raladigan tekis ekranli televizorlarni bugungi kunda LG tomonidan ishlab chiqarilayotgan qattiq panellarga qiyoslash mumkin. ma'lum bo‘lishicha,bu mahsulot yaqin kunlarda sotuvga chiqariladi.

O‘tgan yili Samsung kompaniyasi 85 dyyumli qayriluvchi ekranga ega Bendable TV televizorlarini namoyish etgan edi.

Ovozli boshqaruvga ega televizorlar esa, allaqachon realikka o‘tgan.

Smartfonlarsiz "aqlli" ko‘zoynaklar

Film qahramonlaridan biri Marti xaytek-ko‘zoynakdan foydalanganini ko‘rish mumkin. JVC o‘z vaqtida elektron jihozlar sotuvchi eng mashhur kompaniya edi. Filmdagi “aqlli” ko‘zoynak ham uning mahsuloti ekanligini ko‘rish mumkin.

Bugun biz Samsung kompaniyasi ishlab chiqayotgan shlemlar, Facebook kompaniyasining Oculus Rift ko‘zoynaklarini yoki Google Glass ning shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlarini misol qilib kelirishimiz mumkin.

Filmda bashorat qilingan texnologiyalar ichida mobil telefonlarining qo‘llanilmagani biroz afsuslanarli holdir.

Filmning bir sahnasida Marti AT&T kompaniyasining telefonidan foydalanadi. Bu kompaniya keyinchalik bugungi iPhone ga aylandi.

Kelajak offlayn

Aynan ushbu film chiqqan yili, internetga asos solingan, oradan bir yil o‘tib esa Tim Berners-Li o‘zining birinchi brauzeriga asos solgandi.

Hali elektron pochta shakllanmagan bir paytda film ijodkorlari yo‘lakdagi matn chiqaruvchi printer haqda fantaziya qilishgan.

Boshqa o‘xshashliklar

Kompyuter orqali boshqariladigan duxovkalar o‘ylab topilmagan bo‘lsada, biroz oldinroq San-Frantsiskodagi ko‘rgazmada namoyish etilgan robot-oshpaz unga yaqin kashfiyotlardan biridir.

Filmdagi kompyuter yordamida boshqariladigan eshiklarni fantaziya qilish borasida film ijodkorlari aynan bugunni ko‘rishgani aniq. Chunki yaqinda Britaniyaning Yale firmasi xuddi ana shunday eshiklar ishlab chiqara boshladi.

Manba: Xabardor.uz

Top