20:34 / 21.10.2015
5716

KUN.UZ dayjesti: 21 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Dushanbeda 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi>>

Tojikistonning Dushanbe shahrida, 30 oktabr kuni MDH hukumat rahbarlarining sammiti o‘z ishini boshlaydi.

OAV: Rossiyalik diniy ulamolar Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonuniga Muhammad payg‘ambar sunnatlarini ham kiritishni taklif qilishdi>>

Rossiyalik diniy ulamolar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qur'on va Injilni himoya qilish haqidagi qonun loyihasida ekstremistik deb topilmasligi kerak bo‘lgan diniy aqidalar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qilishdi.

Turkiyada 3 oy davomida terrorchilikda gumon qilinib 1673 kishi hisbga olindi>>

Turkiya politsiyasi 3 oy davomida terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 1673 kishini hibsga oldi, ulardan 1308 nafari Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchi partiyasiga aloqadorlikda, 276 nafari IShIDga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb aytdi 20 oktabrda Turkiya adliya vaziri Kenan Ipek.

Ramzon Qodirov: IShID o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun Chechenistondan foydalanishi mumkin>>

IShID terrorchilik guruhi o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun Chechenistondan foydalanishga harakat qilishi mumkin, deb aytdi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov respublika ichki ishlar vazirligi hay'ati majlisida.

Kanada Suriyadagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishni to‘xtatadi>>

Kanadada hukumat o‘zgargani tufayli mamlakat qurolli kuchlari Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy harakatlardagi ishtirokini to‘xtatadi.

AQSh Yevropada birinchi marta aksilraketa tizimini sinovdan o‘tkazdi>>

AQSh qurolli kuchlari birinchi marta Yevropada aksilraketa tizimi dasturi bo‘yicha sinovlar o‘tkazdi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, ular Atlantika okeanida o‘quv ballistik raketasini yo‘q qilishgan.

AQSh kompaniyasi Saudiya Arabistoniga 11,25 mlrd dollar evaziga 4ta harbiy kema sotadi>>

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga qirg‘oqqa yaqin hududda jang qilish uchun mo‘ljallangan Lockheed Martin nomli 4ta harbiy kemani 11,25 mlrd dollar evaziga sotish bo‘yicha shartnomani tasdiqladi.

Pentagon Suriyadagi parvozlar bo‘yicha memorandumning kuchga kirganligini tasdiqladi>>

Pentagon vakili Piter Kuk seshanba kuni Suriyadagi parvozlar xavfsizligi bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumining kuchga kirganligini tasdiqladi.

O‘g‘li ekstremistga aylangan qozog‘istonlik ota voqeasi>>

Ostonalik tadbirkor Qo‘nis Olimjonov o‘g‘li qanday qilib ekstremistlar ta'siriga tushib qolgani va bunday vaziyatda ota-onalar farzandlarining qanday xatti-harakatlariga jiddiy e'tibor berishlari zarurligi haqidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Rivojlanayotgan Yevropa davlatlarining universitetlari reytingida Rossiya birinchi o‘rinni oldi>>

Britaniyaning Quacquarelli Symonds kompaniyasit tomonidan tuzilgan reytingda rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining oliy ta'lim dargohlariga baho berdi.

Iroq jangarilarga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘rasa, AQSh ko‘magidan mahrum bo‘ladi>>

AQSh hukumati Iroqqa jangarilarga qarshi kurash ko‘rsatilayotgan yordamni to‘xtatishi mumkinligidan ogohlantirdi. Agar Iroq IShIDga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘rasa va Rossiya Iroq hududiga kirsa, AQSh ko‘magidan mahrum bo‘ladi. 

Hindiston shimolida jangarilar va harbiylar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi>>

20 oktabr kuni Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatidagi Baramulla okrugida jangarilar bilan harbiylar o‘rtasida otishma sodir etildi va 3 nafar harbiy jarohatlandi. 

Asad rossiyaliklarga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida ko‘rsatilayotgan yordam uchun Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi. 

Putin: Rossiya Suriyadagi siyosiy jarayonga yordam berishga tayyor>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin suriyalik hamkasbi Bashar Asad bilan Moskvada o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Moskva mamlakat xalqiga nafaqat IShIDga qarshi kurashda, balki siyosiy jarayonlarni boshlashda ham yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.

Turkiya bosh vaziri Asadga Rossiyada qolishni maslahat berdi>>

Turkiya bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘lu Suriya prezidenti Bashar Asadga Rossiyadan qaytmaslikni maslahat qildi.

Rossiya samolyotlari Suriyada 83 obektga zarba berdi>>

Rossiya aviaguruhi Suriyada bir kun davomida 83 aviazarbani amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

AQShning sobiq prezidenti Rossiyaga IShID jangarilarining pozitsiyalari ko‘rsatilgan xaritani yetkazganini ma'lum qildi>>

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter may oyida Rossiyaga IShID jangarilarining pozitsiyalari ko‘rsatilgan xaritani yetkazganini ma'lum qildi. 

Rossiya aviatsiyasi Suriyada jangarilarning qo‘mondonlari to‘plangan joyga zarba berdi>>

Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi samolyotlari terrorchi guruhlarning qo‘mondonlari to‘plangan punktga zarba berishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligini vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Erdo‘g‘an Putin bilan Asadning Moskvaga tashrifini muhokama qildi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muloqot qildi. Bu haqda CNN Türk xabar berdi.

Top