10:11 / 21.10.2015
3337

Namanganda “Jiguli” o‘g‘irlab ketildi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, namanganlik Mahmud ismli shaxsga tegishli “VAZ-2107” rusumli mashinasi qanchalik tez o‘g‘irlab ketilgan bo‘lsa, xuddi shunday topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Aytilishicha, Mahmud bir kuni uyda hujjatlarni unutib qoldirib, uyga ertaroq qaytib kelgan. O‘z uyining darvozasi oldiga mashinani qo‘yib, ichkariga kirib ketgan. 10 daqiqa ichida hujjatlarini olib chiqquniga qadar mashina g‘oyib bo‘lgan.

Uning murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mashina tezda topilib, egasiga qaytarilgan. Bu jinoyatni ilgaridan mashina olib qochish bilan shug‘ullanib kelgan va buning uchun turmada o‘tirib chiqqan 36 yoshli Ahmad ismli retsidivist sodir etgani aniqlandi.

Top