15:34 / 21.10.2015
4836

OAV: Rim papasi Frantsiskda miya saratoni aniqlandi

Shifokorlar Rim papasi Frantsisk miyasida uncha katta bo‘lmagan hajmdagi saraton o‘smasi mavjudligini aniqladi. Saratonning bunday shaklini jarrohlik aralashuvchisi ham davolash mumkin, deya yozmoqda Italiyaning Quotidiano nashri.

Xabarlarga ko‘ra, bundan bir necha oylar muqaddam Rim papasi bosh miya saraton o‘smalarini davolash bo‘yicha taniqli yapon professori – Takanori Fukusima tekshiruvidan o‘tish uchun Toskandagi shifoxonaga kelgan. Tekshiruv olib borgan klinika hamshiralarining aytishicha, ular hujjatlarga yozilgan bemor ismini o‘qib ishonishmagan.

O‘z navbatida, Vatikan Rim papasining kasalligi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi. Papa matbuot kotibi Federiko Lombardining aytishicha, bu asoslanmagan axborot bo‘lib, Rim papasi ayni paytda o‘zini juda ajoyib his etib, faoliyatini jadal tarzda davom ettirmoqda.

Top