10:22 / 21.10.2015
3095

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 76ta yuqori texnologik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

2015 yil boshidan buyon O‘zbekistonda yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha 76 investitsion loyiha amalga oshirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining o‘tgan 9 oy ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

2015 yilgi obektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish manzilli dasturiga 2.29 mlrd dollarlik umumiy investitsion hajmga ega 132 obekt kiritildi. Investitsiyalarning 1.45 mlrd dollari qurilishga, 752.4 mln dollar modernizatsiya va rekonstruksiyaga yo‘naltirildi.

Kapital kiritmalarining 6 foizi 7ta neft-gaz sektori loyihalariga yo‘naltirildi. Ulardan eng yirigi – “O‘zbekneftegaz” va Koreya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan qurilgan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi – 2015 yilda 1 mlrd dollar o‘zlashtirishi bashorat qilinmoqda.

Top