09:37 / 21.10.2015
4652

Peterburgda 5 oylik tojikistonlik bolaning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Peterburgda 5 oylik tojikistonlik bola Umarali Nazarovning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Rossiya tergov qo‘mitasi saytida xabar qilinishicha, o‘tkazilgan tekshiruv davomida jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-bandida ko‘zda tutilgan jinoyat izlari (shaxs tomonidan kasbiy vazifalarini bajarish chog‘idagi ehtiyotsizligi birovning o‘limiga olib kelishi) aniqlanib, shu asosda ish qo‘zg‘atilgan.

2015 yil 13 oktabrida Sankt-Peterburg bo‘yicha federal migratsiya xizmati boshqarmasi xodimlari tojikistonlik oila Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib qo‘lga olindi. Ayolning qo‘lidagi 5 oylik go‘dak undan ajratilib, shifokorlarga topshirildi. 14 oktabr kuni bola o‘tkir respirator virus infeksiyasidan shifoxonada olamdan o‘tdi.

Bolasini bir kun davomida qidirib, politsiyadan hech qanday ma'lumot ololmagan ayol ertasiga uning vafoti haqidagi xabarni eshitdi.
Bu ishda aybdor deb hisoblanayotgan shaxslar tergov qilinmoqda.

Top