11:49 / 21.10.2015
3554

Qirg‘izistonda izolyatordan qochgan terrorchilarni Qozog‘iston bilan chegara yaqinidan izlashmoqda

2015 yilning 12 oktabr kuni Qirg‘izistonning Quyi Norus Chuy viloyati hududidagi tergov izolyatoridan qochishga uringan to‘qqiz nafar jinoyatchidan 2 nafari ozodlikda qolmoqda. 

“Jaysh ul-Mahdiy” tashkiloti a'zolari bo‘lgan bu ekstremistlarning 5 nafari o‘sha kuniyoq qo‘lga olingan, yana ikki nafari keyingi hafta davomida olib borilgan amaliyotlar vaqtida yo‘q qilingandi.

16 oktabr kuni Qirg‘iziston politsiyasi tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchi Doniyor Qodiraliyevni yo‘q qilgandi.

20 oktabr kuni esa "o‘ta xavfli jinoyatchi" Azamat Musuraliyev huquq-tartibot xodimlari bilan otishma chog‘ida o‘ldirildi.

Ayni vaqtda qirg‘izistonlik chegarachilar ham ushbu qochoqlarni qidiruv ishlariga jalb qilingan. Ularning Qozog‘istonga o‘tib ketmoqchi bo‘layotgani taxmin qilinmoqda va bu davlat bilan chegara qattiq nazorat qilinmoqda. Bu haqda Ria Novosti nashriga Qirg‘iziston davlat chegaralari xizmatining matbuot kotibi Gulmira Bo‘riboyeva ma'lum qilgan.

Qidiruv ishlari "Stepnoye" chegara punkti atrofidagi qishloqlarda olib borilmoqda.
15 oktabr kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mamlakat hududida qidirilayotgan jinoyatchilarni topishda yordam berganlarga 300 ming som miqdorida mukofot puli belgilagani xabar qilingandi.

Top