19:57 / 21.10.2015
3178

Rossiyalik futbolchi Aleksandr Kerjakov «Match TV» telekanalida faoliyat olib boradi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov mamlakatda yangi tashkil qilinayotgan federal kanal «Match TV»da sharhlovchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda TASS telekanal matbuot xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.

Shuningdek, mazkur ma'lumotni futbolchining o‘zi ham tasdiqlagan.

Matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Kerjakov xorij futboliga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda boshlovchilik qilishi mumkin.

Shuningdek, futbolchi telekanal bilan birgalikda realiti-shou ko‘rinishidagi teleloyiha amalga oshirish niyati ham borligini ma'lum qilgan.

Top