20:56 / 21.10.2015
2358

S7 aviakompaniyasi “Transaero”ni sotib olmoqda

S7 (“Sibir”) aviakompaniyasi “Transaero” nazorat paketini aviakompaniyaning bankrotligi jarayoni doirasida tanlov asosidagi boshqaruvchini tayinlashgacha aktivlarni olib qolish uchun sotib olmoqchi. Bu haqda “Aeroflot” direktorlar kengashi a'zosi Roman Paxomovga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Maqsad shundan iboratki, aviakompaniya ustidan boshqaruvni bankrotlik jarayoni doirasida tanlov asosidagi boshqaruvchi kelguncha ushlab qolishdan iborat”, deb aytdi Paxomov.

Paxomovning aytishicha bunday sxema avval S7 aviakompaniyasini bankrotlikdan saqlab qolishda ishlatilgan, o‘shanda bank kompaniya qarzlarni qayta moliyalashtirish uchun 8,9 mlrd rubllik kredit liniyasini ochib bergan. Kreditga garov sifatida aviakompaniyaning nazorat paketi qo‘yilgan.

”Agar S7 “Transaero”ni sotib olishini e'lon qilayotgan bo‘lsa, ular ehtimol, “Transaero”ning tashuvlarini juda bo‘lmasa foydalanuvchining sertifikati chaqirtirib olinguncha subsidiyalashga tayyor bo‘lsalar kerak. Yangi boshqaruv “Transaero” operatsion xarajatlarini ta'minlash uchun mablag‘lar topishi kerak. Ular “Transaero” bosh direktorini ham almashtirishsa kerak. Agar shunday bo‘lsa, “Aeroflot”da “Transaero”ning joriy majburiyatlari bo‘yicha to‘lashiga asoslar bo‘lmaydi va u ko‘rilgan chiqimlar bo‘yicha tovon pulining to‘lanishini talab qilib bamaylixotir chekinadi”, deb hisoblamoqda Paxomov.

Avvalroq S7 aviakompaniyasi “Transaero” aksiyalarining nazorat paketini sotib olmoqchiligi ma'lum qilingandi. Bu haqda aviakompaniyaning bosh direktori va egalaridan biri Vladislav Filev va “Transaero”ning eng yirik aksioneri Aleksandr Pleshakov e'lon qilgan. Ular “Transaero”ning “51 foizdan kam bo‘lmagan aksiyalarini” S7 aksionerlariga sotish bo‘yicha kelishuvni imzolashgan.

Top