10:07 / 21.10.2015
3390

Samarqanddagi mehribonlik uyida “Sayqal Samarqand!” bayrami nishonlandi

Samarqand shahar Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi hamda 1-son markaziy madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy havsakorlik jamoalar 18-oktabr Samarqand shahar kuniga bag‘ishlangan “Sayqal Samarqand!” deb nomlangan bayram dasturini 1-son Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilari uchun namoish qildilar.

Tadbirni mehribonlik uyi direktori Mavjuda Faxriddinovna Faxriddinova ochib berib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Mehribonlik uyi tarbiyalanovchilari nomida mamlakatimiz rahbariyatiga, viloyat va shahar hokimliklariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ushbu bayram sovg‘asidan bolajonlar boshlari osmonga yetganligini, ushbu e'tiborga munosib farzandlar bo‘lishlarini mehribonlik uyi bolajonlaridan iltimos qildi.

Bayramda aholi dam olish markazi badiiy havaskorlik jamoalari o‘z bayram dasturlari bilan ishtirok etdilar. Ushbu madaniy tadbirda “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi qoshidagi “Jonona” raqs guruhi, “Bumerang” teatr studiyasi Baxtiyor Salimov, Nodira Raxmatova, xonandalar Salohiddin Oripov, Sherzod Tursunovlar o‘z dasturlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdilar.

Bir so‘z bilan aytganda Samarqand shahar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bolajonlar yodida bir umrga qoldirgan bo‘ldi.

Top