16:50 / 21.10.2015
2978

Tojikistonlik hakam kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 30 kunga futboldan chetlatildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tojikistonlik hakam Parviz Murtazoyevni kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda ishtirok etgani uchun 30 kun muddatga futboldan chetlatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

AFC hozircha aynan qaysi uchrashuv kelishilgani haqida ma'lumotlar taqdim qilmagan. Faqatgina surishtiruv ishlari davom etayotgani va chetlatish muddati yana 20 kunga uzaytirilishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Top