17:02 / 21.10.2015
3405

Toshkentda ayollar uchun kasbiy to‘garaklar markazi ochildi

21 oktabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va Toshkent hokimining o‘rinbosari Farida Abduraimova ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun kasbiy to‘garaklar markazi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishdi.

Tashkilot AQSh xalqaro rivojlanishi agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirildi.
Tuman hokimiyatlari, TIV va boshqa idoralarning rasmiy vakillari agentlikning hamkori, “Istiqbolli avlod” NNT markazida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu markaz “Odam savdosidan jabr ko‘rganlar reintegratsiyasi” loyihasi doirasida barpo etildi. Loyiha inson savdosini bartaraf qilish, bundan jabr ko‘rganlarga yordam berish vazifalarini o‘z oldiga qo‘ygan.

Top