Xitoyning Shandun viloyati hududidagi ximiyaviy zavodda portlash yuz berishi natijasida 9 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan.
Pin'i uezdida ro‘y bergan bu hodisaga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Ayni vaqtda hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib borishmoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.