07:54 / 21.10.2015
2999

"Zenit" YeChLning ilk 3ta o‘yinida g‘alaba qilib, "Spartak" jamoasi natijasini takrorladi

20 oktabr oqshomida Sankt-Peterburgdagi "Petrovskiy" stadionida YeChLning guruh bosqichi, 3-turi doirasida "Lion"ni qabul qilgan "Zenit" 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

Bu orqali piterliklar guruhdagi ilk 3 turda ham g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa mustahkam joylashishdi.

Jamoa birinchi turda "Valensiya"ni 3:2 hisobida, ikkinchi turda "Gent"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Endilikda "Zenit"da 9, "Valensiya"da 6 ochko bor. Hozirgacha faqat bittadan ochko olgan "Lion" va "Gent" uchinchi o‘rin uchun o‘zaro bahs olib borishi oydinlashgan.

9 ochko to‘plab, guruhda yetakchilik qilayotgan "Zenit"ning bunday natijasini bundan avval Rossiya jamoalari orasida "Spartak" jamoasi qayd etgandi. Moskvaliklar 1995-1996 yillar mavsumida YeChLning guruh bosqichidagi ilk 3ta o‘yinda g‘alaba qozongandi.

Top