11:24 / 22.10.2015
2941

2015 yilda Italiya muhojirlarni qabul qilish uchun 1,1 mlrd yevro yo‘naltirdi

2015 yilda muhojirlar uchun Italiya byudjyetidan 1,162 mlrd yevro miqdoridagi mablag‘ sarflandi.

Mamlakat IIV ma'lumotiga ko‘ra, bu mablag‘ning asosiy qismi, 1 mlrd yevroga yaqini qochqinlarni qabul qilish ishlari uchun yo‘naltirilgan.

Taqqoslash uchun, 2014 yilda Italiya muhojirlar uchun sarflagan mablag‘ miqdori 0,5 mln yevrodan kamroqni tashkil qilgandi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Italiyadagi qochqinlarni qabul qilish markazlarida 99 ming nafar atrofidagi kishi mavjud.

Top