16:35 / 22.10.2015
4066

AQSh modernizatsiyalangan F-16V qiruvchisini ilk bor sinovdan o‘tkazdi

Lockheed Martin kompaniyasi muhandislari yangi F-16V qiruvchisining dastlabki parvozini sinovdan o‘tkazdi, deya xabar qildi Defence News nashri. Parvoz 16 oktabr kuni yangi AESA radar tizimi bilan birgalikda amalga oshirildi.

Radar tizimidan tashqari, F-16V samolyotining uchuvchi kabinasiga yangi axborotlar displeyi, modernizatsiyalangan kompyuter sistemasi va boshqa innovatsiyalar bilan ta'minlangan.

Lockheed Martin F-16V modelini ishlab chiqish to‘g‘risidagi rejasini 2012 yilda Singapurda bo‘lib o‘tgan aviatsion ko‘rgazmada ma'lum qilgan edi. Yangi AESA radar tizimi harbiy samolyotga havo-havo va havo-yer bo‘yicha kuzatuv olib borishga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi.

Top