13:45 / 22.10.2015
4668

Chilonzorda 7 o‘smirdan iborat jinoiy guruh 6.5 mln so‘mlik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketdi

Chilonzorda 7 o‘smirdan iborat jinoiy guruh 6.5 mln so‘mlik taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramay, qamalib chiqishga ulgurgan 1996 yilda tug‘ilgan Vladimir ismli yigitcha o‘z tengdoshlaridan 6 nafarini atrofiga to‘plab, o‘ziga xos jinoiy guruh tashkil etgan. Ular talonchilik bilan shug‘ullanib kelishgan.

Bir kuni ular umumiy tanishlari Dilmurodning uyda yolg‘iz qolganligini bilib qolib, uning uyiga bostirib borganlar. Tengdoshlarining og‘zini skotchlab qo‘yib, uydan 2 mln so‘mlik kole, 2 mln so‘mlik 4 dona uzuk, 1.5 mln so‘mlik zirak, 1 mln so‘mlik tilla zanjirni o‘g‘irlab qochib ketishgan.
Bolalar Dilmurodni qo‘rqitib, hech kimga ularni “sotmaslik”ni uqtirgan bo‘lsalar ham, jinoyat tez orada militsiya xatti-harakatlari tufayli fosh etildi.

Top