15:57 / 22.10.2015
2727

Discovery telekanali “Afsonalarni barbod qilish”dan voz kechmoqchi

Discovery telekanali 14- mavsum yakuniga yetganidan so‘ng “Afsonalarni barbod qilish” ilmiy-ommabop shousi (Mythbusters)ni to‘xtatadi, deya xabar qildi Entertainment Weekly.
“Afsonalarni barbod qilish” kabel telekanali orqali eng uzoq namoyish etilgan shoulardan biri bo‘ldi. Oxirgi mavsumi nihoyasiga yetganidan so‘ng uning doirasida namoyish etilgan 248ta epizodda 2950ta tadqiqot olib boriladi.

Shou boshlovchilari Adam Sevij va Jyeymi Xayneman “Afsonalarni barbod qilish”ning to‘xtatilishi haqida oldindan ogohlantirildi va ular ayni paytda eng oxirgi seriya “portlatib yuboradigan” darajada bo‘lishini aytishmoqda. Men har doim “Afsonalarni barbod qilish” to‘satdan to‘xtab qoladi va biz so‘nggi seriyaga tayyorgarlik ko‘ra olmaymiz, deya xavotir olardim. Endi esa inson xulq-atvorimi, mashinalar tarixi yoki portlashlarmi, nima bo‘lmasin, biz o‘zimizning yorqin an'analarimizga sodiq qolgan holda eng ajoyib seriyani tayyorlaymiz”, - dedi Sevij.

“Afsonalarni barbod qilish” shousi “Emmi” telemukofotini qo‘lga kiritgan. Kelgusi oyda Sevij va Xayneman juftligi oxirgi Mythbusters Live gastrol sayohatiga otlanadi va boshqa birgalikda ishlamaydi.

Top