12:00 / 22.10.2015
4890

Galapagosda toshbaqaning yangi turi aniqlandi

Zoologlar Ekvadorga qarashli Galapagos orollari hududida quruqlik toshbaqasining yangi turini uchratishdi. Bu ulkan toshbaqa mansub bo‘lgan turga Chelonoidis donfaustoi nomi berilgan. Bu nom Galapagos ramziga aylangan ulkan toshbaqa - "Yolg‘iz Jorj"ga g‘amxo‘rlik qilgan olim Fausto Leren sharafiga berilgan.

Galapagos arxipelagining Santa-Krus orolida bunday jonivorlardan atigi 250 donaga yaqini yashashi ma'lum bo‘lgan.

Galapagos ramzi "Yolg‘iz Jorj" 2012 yilda, taxminan 100 yoshida jon bergandi.

Ma'lumot uchun, 19 asr oxirigacha Galapagos toshbaqalar ovlanadigan mustamlakaga aylangandi va turlarning populatsiyasi to‘xtab qolgandi.

Top